O‘quv-metodik ta’minot zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim
jarayonining samaradorligini oshirish va o‘quvchilar hamda talabalar bilimini
mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Bu ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik
qo‘llanmalar, multimediya resurslari va elektron platformalarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim
jarayonida ushbu materiallardan samarali foydalanish bilim olish jarayonini soddalashtiradi
hamda pedagogik faoliyatning sifatini oshiradi.